“International Tashkent Marathon-2026” ommaviy yugurish marafoni
2026-04-05 15:55:00 / Yangiliklar
Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahrida “International Tashkent Marathon-2026” ommaviy yugurish marafoni tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
"Humo Arena" oldidagi maydonda tashkil etilgan marafonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi ham munosib ishtirok etdi.
Marafon yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
