Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Ikramov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘rganish ishlarini olib bordi
2026-04-04 21:35:00 / Yangiliklar

Vazir viloyat FVB shaxsiy tarkibi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, xodimlarning xizmat jarayonida duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xodimlar uchun munosib va qulay xizmat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, vazir moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, tezkorlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi. Vazir bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligini alohida ta’kidladi.


