Samarqandga yangi yong‘in-qutqaruv texnikalari topshirildi
2026-04-04 21:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tizimning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida ajratilgan zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari Samarqand viloyatining shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga tantanali ravishda topshirildi.
Zamonaviy qutqaruv asbob-uskunalari bilan jihozlangan maxsus avtomobillar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘inlarni tezkor va samarali bartaraf etish hamda inson hayotini asrash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
