FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti hamda Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi
2026-04-03 18:40:00 / Yangiliklar

Jarayonda Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, xodimlari va tarbiyalanuvchilarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish, bolajonlar uchun moʻljallangan media mahsulotlari, targʻibot materiallarini tayyorlash hamda ilmiy-innovatsion loyihalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlash lozimki, mazkur Memorandum Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash tadbirlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.



