Xorazm viloyatida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi
2026-04-02 22:10:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumani Cho‘lobod mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
Unda favqulodda vaziyatlar oqibatida ko‘p sonli jabrlanganlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda namoyish etildi.
Mashg‘ulotlar xizmatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash va tezkorlikni oshirishga xizmat qilаdi.
