Qutqaruvchilar uchun madaniy hordiq: koʻtarinki ruh va ijobiy kayfiyat ulashgan tadbir
2026-04-02 21:40:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatining tashabbusi bilan tizim harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari uchun “Turkiston” sanʼat saroyida madaniy tadbir tashkil etildi.
Unda Oʻzbek davlat satira teatri tomonidan tayyorlangan konsert dasturilari namoyish etilib, sanʼatkorlar tomonidan taqdim etilgan hajviy chiqishlar, hayotiy lavhalar va xalqona hazillar orqali harbiy xizmatchilar hayoti, ularning kundalik xizmat faoliyati, oilaviy munosabatlar hamda jamiyatdagi turli manzaralarning mohirona aks ettirilishi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi tadbirlar qutqaruvchilarning maroqli hordiq chiqarishi bilan bir qatorda jamoaviy koʻtarinki ruh, ijobiy kayfiyat hamda oʻz kasbiga muhabbat hissini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.







