Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I. Ikramov Xorazm yoshlari bilan samimiy suhbatlashdi
2026-04-02 16:25:00 / Yangiliklar
Suhbat davomida vazir o‘zining xizmat faoliyati, boy hayotiy tajribasi va bosib o‘tgan ibratli yo‘li haqida samimiy va ta’sirchan so‘z yuritdi. U har bir bosqichda orttirgan saboqlari va hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashib, ishtirokchilar qalbida chuqur taassurot uyg‘otdi. Shuningdek, u qutqaruvchilik kasbi nafaqat yuksak mas’uliyat talab etadigan, balki inson hayotini asrab qolishga xizmat qiluvchi sharafli va fidokorona kasb ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan turli savollar bilan murojaat qilib, vazirdan atroflicha va hayotiy misollar bilan boyitilgan javoblar oldilar. Suhbat samimiy va iliq ruhda o‘tib, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Ayniqsa, vazirning boy hayotiy tajribasi va ibratli yo‘li yoshlarga kuchli ruhiy ilhom bag‘ishladi.
Uchrashuv yakunida ko‘plab yoshlar qutqaruvchi bo‘lish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish hamda favqulodda vaziyatlarda insonlarga yordam berishga bo‘lgan intilishlari yanada kuchayganini ta’kidladilar. Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni mardlik va fidoyilikka chorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.






