Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. Ikramov Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari bilan suhbatlashdi
2026-04-01 21:05:00 / Yangiliklar

Vazir boshqarmada yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat olib borish jarayonlarini atroflicha o‘rgandi. Shuningdek, u qutqaruvchilar bilan samimiy suhbat qurdi.
Bundan tashqari, vazir boshqarmaning Hayot faoliyati xavfsizligi markazi faoliyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan muloqot qildi. O‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
O‘rganishlar yakunida xizmat samaradorligini yanada oshirish hamda qutqaruvchilarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


