Hududlarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2026-04-01 12:45:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlar FVV hamda boshqa hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida ishchi guruhlar aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha va qurilish obyektlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri harakat qilish tartiblarini tushuntirmoqda. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatmalar tarqatilmoqda.







