Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-03-31 18:35:00 / Yangiliklar

Ishtirokchilarga 2026-yil 1-chorak davomida hududda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilmaganligi shuningdek, chegaralardagi sanitariya-karantin punktlari orqali kirib kelayotgan barcha fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasalliklarning kirib kelishining oldi olinganligi aytib o‘tildi. Aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilib, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi. Chorva mollari o‘rtasida kuydirgi va quturish kasalliklariga qarshi emlash ishlari tashkil etildi.
Sel-toshqin va ko‘chki hodisalarini oldini olish va aholi xavfsizligini ta'minlash borasida daryo va kanallarda tozalash, qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari olib borildi. Shuningdek, hududlarda nazorat kuchaytirilib, tashkil etilgan nazorat-kuzatuv postlari va hududiy shtablar orqali 24 soatlik monitoring yo‘lga qo‘yildi.
Amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning asosiy maqsadi – aholi xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.



