Hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari o‘tkazildi
2026-03-30 12:40:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda yoshlar bilan ishlashning manzilli va tizimli yondashuvlari, ularning muammolarini o‘rganish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, yoshlar bilan individual ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, boshqarma boshliqlari tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, har bir yosh bilan manzilli ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.






