Toshkent shahar FVBB, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlari FVB tomonidan tibbiyot muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-03-28 17:55:00 / Yangiliklar

Mashqlarda shifoxonalarda davolanayotgan fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda mas'ullar tomonidan hamkor tashkilotlarning amaliy harakatlari baholandi.









