#Tayinlov
2026-03-27 16:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kapitan AXUNOVA SAIDAXON INOMJONOVNA Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi obyektlarida favqulodda vaziyatlar bo‘limi “Toshkent Radio ovoz yozish uyi” binosida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar kapitan S.Axunova Toshkent shahar FVBB O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi binosida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati kapitan S.Axunovaga kelgusidagi xizmat faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.
