#Tayinlov
2026-03-27 16:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kapitan MAXAMATJANOVA SHAXNOZA KAMALIDINOVNA Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyi binosida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar kapitan Sh.Maxamatjanova Toshkent shahar FVBB “Turkiston” sanʼat saroyida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi katta inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati kapitan Sh.Maxamatjanovaga kelgusidagi xizmat faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.
