#Tayinlov
2026-03-27 16:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik SALAYEVA ZULFIYA KUCHUMOVNA Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat Akademik katta teatri binosida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Z.Salayeva Toshkent shahar FVBB O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binolarida favqulodda vaziyatlar bo‘linmasi katta inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati podpolkovnik Z.Salayevaga kelgusidagi xizmat faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.
