“Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etildi
2026-03-24 17:30:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati FVBB, Guliston harbiy prokuraturasi va tegishli tashkilotlar hamkorligida viloyatning olis hududlarida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Bunday tadbirlar yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.








