Diqqat e'lon!
2026-03-24 09:50:00 / Yangiliklar
“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi” kafedrasi bo‘yicha:
2 nafar – katta o‘qituvchi (Texnologik jarayonlarning yong‘in xavfsizligi, Neftgaz va kimyo ishlab chiqarish korxonalarida texnosfera xavfsizligi, Elektrotexnika va elektronika fanlari bo‘yicha) lavozimi;
“Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish va xizmatini tashkil etish” kafedrasi bo‘yicha:
1 nafar – katta o‘qituvchi (Gidravlika, Yong‘inga qarshi suv ta’minoti fanlari bo‘yicha) lavozimi;
“Tillar” kafedrasi bo‘yicha:
1 nafar – kafedra mudiri va 1 nafar – kafedra kafedra professori (Ingliz yoki Rus tili fanlari bo‘yicha) lavozimi.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar Akademiya boshlig‘i nomiga ariza va unga ilova qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
- Ilmiy daraja (shu jumladan, fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
- Ilmiy unvonga egaligi to‘g‘risida guvohnoma;
- Ilmiy ishlar (monografiya, maqola, tezis va ma’ruza) va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar nusxasi va ro‘yxati;
- Malaka oshirish to‘g‘risidagi attestat nusxasi;
- Ingliz va Rus tili o‘qituvchilari xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar nusxalari.
Lavozim bo‘yicha talablar:
Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.
Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi 5-uy. Telefon: (55) 520-76-96 (ichki: 5019) va (55) 520-76-96 (ichki: 5008).
