Buxoroda maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi
2026-03-19 18:10:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati FVB tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektda favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.

Mashqda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda mas'ullar tomonidan hamkor tashkilotlarning amaliy harakatlari baholandi.




