Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlari ishtirokida “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi
2026-03-19 15:15:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining topshirigʻiga asosan Fuqaro muhofazasi instituti boshligʻi tomonidan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazlari faoliyati oʻrganib chiqilmoqda.
Jumladan, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi oʻrganishlar davomida rahbar va mas'ullar bilan oʻquv markazlarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, aholini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash qamrovini yanada oshirish hamda kelgusida zamonaviy koʻrgazmali materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash boʻyicha yangi majmualarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi va amaliy tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, hududiy boshqarmalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida shartnoma asosida korxona va tashkilotlarning xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash yuzasidan tajriba almashildi.

