Toshkent shahar FVBB tomonidan poytaxtimizda joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-03-17 18:55:00 / Yangiliklar
Unda FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilot va idoralar vakillarining shartli favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi. Tezkor xizmatlar tomonidan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Mashg‘ulot yakunida mas’ullar tomonidan tezkor xizmatlarning harakatlari tahlil qilinib, tegishli baho berildi.
