Navoiy viloyati FVB tomonidan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-03-17 15:45:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshchiligida o'tkazilgan ushbu oʻquv mashqida FVB va FVDqT tarkibiga kiruvchi xizmatlar vakillari tomonidan "Navroʻz" umumxalq bayrami o'tkazilishi rejalashtirilgan markaziy maydonda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, ularni qutqarish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, yongʻinni oʻchirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.






