Mirzo Ulugʻbek tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
2026-03-16 17:15:00 / Yangiliklar
Bugun, 16-mart kuni soat 16:30 da Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Lashkarbegi” MFY, Hamid Olimjon koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xonadonlarining birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, qutqaruv ekipajlari soat 16:38 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 16:52 da qurshab olingan va soat 16:59 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
