FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Yakkabog‘ tumanlarida sel va suv toshqinlarini oldini olishga qaratilgan muhandislik tadbirlari amalga oshirildi
2026-03-13 17:20:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlar Qamashi tumanining "Changak" MFY hududidan oqib o‘tuvchi "Langardaryo" daryosida hamda Yakkabog‘ tumanidan oqib o‘tuvchi soy va kanallar atrofida qirg‘oq mustahkamlash ishlari olib borilib, suv oqimining xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli muhandislik tadbirlari bajarildi. Ushbu chora-tadbirlar aholi yashash hududlari hamda infratuzilma obyektlarini sel va suv toshqinlari xavfidan muhofaza qilishga xizmat qiladi.



