Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
2026-03-13 16:40:00 / Yangiliklar
Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda FVV Akademiyasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar organlariga 30 yil: rivojlanish yo‘li, islohotlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirildi. Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari, mahalliy ekspertlar, olimlar, yosh tadqiqotchilar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, davlat idoralari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni turli xavf-xatarlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sohadagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.








