Toshkent viloyati FVBB boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-03-13 10:20:00 / Yangiliklar
O‘rta Chirchiq tumani 1-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda, Toshkent viloyati FVBB boshlig‘i, Chirchiq harbiy prokurori hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi vakili ishtirok etib yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan rahbarlar o‘zlarining hayotiy va xizmat faoliyatidagi tajribalari, bosib o‘tgan yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Shundan so‘ng bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga esa batafsil va atroflicha javoblar berildi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida turli ko‘rgazmali chiqishlar hamda maxsus texnika namoyishlari tashkil etildi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazilib, g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.





