Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Uchtepa tumanida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2026-03-11 21:55:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida vazir ishchi guruh a'zolari bilan suhbatlashib, hududdagi kriminogen vaziyat, aholi bilan ishlash tizimi hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan bu borada bildirilgan taklif va mulohazalarni tingladi.
Suhbat davomida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlashni takomillashtirish hamda muammoli hududlarda profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish va sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

