Guliston shahrida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-03-11 15:30:00 / Yangiliklar

Dastlab, mas’ullar tomonidan zilzila sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xavf xabari berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning binoni xavfsiz tark etishlari hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi o‘rgatildi.





