Samarqand viloyati FVB boshlig‘i Kattaqo‘rg‘on shahrida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2026-03-10 18:15:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati FVB boshlig‘i Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib, mazkur hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida shaharning Qo‘shxovuz va Ko‘xnadam mahallalarida tashkil etilgan “Fuqaro muhofazasi xonasi” faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla hududidagi bir nechta xonadonlarda bo‘lib, yashash uylarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, isitish moslamalari, elektr tarmoqlari hamda gaz jihozlaridan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar jarayonida fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.



