Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
2026-03-10 14:55:00 / Yangiliklar

Seminar “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan mutaxassislar favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Internet tarmog‘ida uchrayotgan turli firibgarlik holatlari hamda axborot tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, bu kabi seminarlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, ularda mas’uliyat hissini oshirish hamda xavfsizlik madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


