Memorandum imzolandi
2026-03-07 13:35:00 / Yangiliklar
Kuni kecha, FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum harbiy xizmatga chaqirtirilgan yosh askarlarni kasbga o‘qitishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda yosh askarlarni kasbga o‘qitish, ularning axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirish, shuningdek xizmatdan so‘ng ishga joylashishi yoki o‘zini o‘zi band qilishi uchun ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Hujjatga asosan, muddatli harbiy xizmatchilar “Axborot texnologiyalari”, “Payvandlash ishlari”, “Chilangarlik ishlari” yo‘nalishlarida ikki va uch oylik o‘quv kurslari orqali kasbga o‘qitiladi.


