“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-03-06 18:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yosh askarlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshlig‘i hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida rahbarlar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida yosh askarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rahbarlardan atroflicha javoblar oldilar.
Uchrashuv yakunida muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator askarlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



