Ayol – mehr, nafosat va hayot timsoli
2026-03-06 17:35:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligining bosh boshqarmalari, boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollarga alohida ehtirom ko‘rsatilib, ularning soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etildi. Shuningdek, ayol-qizlarga guldastalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Yurtimiz tinchligi va aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha ayol-qizlarimizni bayram bilan samimiy tabriklaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!









