Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Namangan viloyatining bir qator hududlarida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishdi
2026-03-06 16:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Shuningdek, Norin daryosi boʻyida sel-suv toshqini xavfi mavjud hududlar koʻzdan kechirildi. Daryo qirgʻoqlarini mustahkamlash, oʻzanlarni tozalash hamda suv sathini monitoring qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shundan soʻng Norin tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga borilib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va texnikalar holati bilan tanishildi. Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha rahbarlarga vazifalar belgilandi.
Jarayonda Yangi Namangan tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri oʻtkazilib, unda Vazir oʻquvchilarga zilzila, yongʻin, is gazidan zaharlanish, suvda choʻkish va ovqatdan zaharlanishning oldini olish boʻyicha master-klass oʻtidi hamda tashkil etilgan evakuatsiya mashgʻulotlarini kuzatdi.
Shuningdek, vazir “B.Mashrab” mahallasida Davlat nazorati inspektori faoliyati va yosh volontyorlar guruhi ishini koʻzdan kechirib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkor harakat qilish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyatidagi oʻrganishlar davom etmoqda.








