Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
2026-03-06 15:05:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Favqulodda vaziyatlar vazirining bahor faslining nafis ayyomi bilan tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirib, samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Xalq artisti Tesha Moʻminov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Mirzo Karim, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassisi Maxfirat Zokirova ishtirok etib, tizim ayollarni tabrikladi va oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdi. Shuningdek, “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Shaxobov va Dilnoza Ismiyaminovalar hamda FVV Akademiyasi orkestri hamda xonandalari ijrosidagi konsert dasturi tantanaga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.








