Namanganda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2026-03-06 09:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish, oʻzining uzoq hayot yoʻli toʻgʻrisida soʻz yuritib, kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda yoshlarning takliflari, tashabbuslari va ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Tadbir yakunida, ishtirokchi faol yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining "Faxriy yorligʻi" va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.
Albatta, yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi, millatning ertangi kuni, davlatning tayanchi. Ularning qalbida ishonch va gʻururni uygʻotish, orzu-intilishlariga yoʻl ochish esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.





