Navoiy viloyati Navbahor tumani Yoshlar markazida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
2026-03-05 16:45:00 / Yangiliklar
Ushbu tadbirda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik G'.Eshonov, Navoiy viloyati Harbiy prokurori-Adliya polkovnigi J.Urinov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi J.Jumayev hamda bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.

Unda, rahbarlar oʻzlarining koʻp yillik xizmat faoliyati, jasorat va matonat talab etgan voqealar haqida soʻzlab berdi. Uchrashuv davomida eng ogʼir damlarda ham tushkunlikka tushmaslik, vaziyatni toʼgʼri baholay olish va masʼuliyatni his qilish har bir yoshning hayotiy tamoyili boʼlishi kerakligi, har qanday muvaffaqiyatsizlik keyingi katta gʼalaba uchun zamin ekanligi, asosiysi — toʼxtab qolmasdan, oʼz ustida ishlashda davom etish lozimligi, murakkab sharoitda hissiyotlarga berilmasdan, aql bilan ish tutish sirlari haqida hayotiy misollar keltirildi.



