Surxondaryo viloyati FVBda "Jasorat maktabi" o‘quvchilari va "Yosh qutqaruvchi" klubi a’zolari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
2026-03-05 15:15:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlar boshqarmada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv bazasi hamda qutqaruvchilarning kundalik xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ular bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar tizimida xizmat qilishning mas’uliyati va sharafi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida yoshlar qutqaruv texnikalari va maxsus asbob-anjomlar, himoya vositalari bilan tanishtirildi.




