Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.
2026-03-04 16:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Dastlab, xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadi, viloyatning 22 ta shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimlariga yangi “Cobalt” rusumidagi xizmat avtomashinalari kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Albatta, mazkur transport vositalari hududlarda tezkorlikni oshirish, favqulodda vaziyatlarga zudlik bilan yetib borish hamda profilaktik tadbirlarni sifatli amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shundan soʻng Vazir Bosh boshqarma binosida yaratilgan sharoitlar, texnik taʼmirlash qismi faoliyati, mavjud maxsus texnikalar holati bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda “Hayot faoliyati xavfsizligini oʻqitish markazi”ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jihozlari va zamonaviy uskunalar koʻzdan kechirdi. Shuningdek markazda malaka oshirayotgan tinglovchilar bilan samimiy suhbat olib borilib, ularning yoʻnalish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirildi.
Shu bilan birga FVBB rahbarlariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida samaradorlikni oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.




