Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Andijon viloyatida Davlat inspektorlarining mahalla binolaridagi xizmat xonalari o‘rganildi
2026-03-04 16:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘rganishlar jarayonida xizmat xonalarining moddiy-texnik ta’minoti, ish sharoitlari, xavfsizlik talablariga muvofiqligi hamda faoliyatni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, davlat inspektorlari uchun qulay va xavfsiz ish muhitini yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirlar joylarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.



