#NO_COMMENT
2026-03-03 17:20:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati FVB tomonidan Samarqand tumanida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchi-yoshlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
Mashq davomida zilzila, yong‘in hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. O‘quvchilar evakuatsiya yo‘laklari orqali tartibli ravishda chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir doirasida ko‘rgazmali profilaktik mashg‘ulot ham tashkil etildi. Unda o‘quvchi-yoshlar qutqaruv xizmatida foydalaniladigan maxsus texnikalar, zamonaviy qutqaruv vositalari, himoya kiyimlari va asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan har bir jihozning vazifasi va undan foydalanish tartibi batafsil tushuntirib berildi.
