Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida oʻrganish ishlari olib borildi
2026-02-25 18:25:00 / Yangiliklar
Oʻrganishlar davomida favqulodda vaziyatlar organlarining davlat nazorati inspektorlari faoliyati, mahallalarda tashkil etilgan “Mahalla muhofazasi” xonalari, “Mahallabay” va “Xonadonbay” tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hududlardagi qutqaruv qismlardagi maxsus texnikalar holati, asbob-anjomlarning shayligi, xizmatni tashkil etish darajasi hamda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil koʻzdan kechirildi.
Jarayonda mahallalarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Yakunda hududiy FVB rahbarlariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish samaradorligini yanada oshirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda xizmat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.



