Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I. Ikramov Fuqaro muhofazasi instituti professor-oʻqituvchilari bilan suhbatlashdi
2026-02-25 14:10:00 / Yangiliklar
Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida tashabbuskor professor-oʻqituvchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar atroflicha tinglanib, ularning amaliy ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Vazir pedagoglarning ilgʻor gʻoyalari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidlab, bu borada tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, vazir institutda mavjud boʻlgan uslubiy va metodik qoʻllanmalarni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirdi. Ularning mazmunini zamonaviy talablar, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va xalqaro tajribalar asosida yanada boyitish lozimligini taʼkidladi. Xususan, oʻquv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, amaliy mashgʻulotlar samaradorligini oshirish hamda raqamli resurslardan keng foydalanish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.
Yakunida vazir tomonidan institut faoliyatini yanada takomillashtirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.



