Surxondaryo viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz shahrida joylashgan 16-maktabda maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-02-24 19:05:00 / Yangiliklar

Ushbu mashqda FVDqT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar vakillari tomonidan yo‘nalish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda harakatlar tahlil qilinib, mas'ullar tomonidan baholandi.
Mazkur oʻquv mashgʻulotidan koʻzlangan asosiy maqsad – favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tegishli xizmatlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarini ta’minlash, shuningdek, pedagog va oʻquvchilarning favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashdan iborat boʻldi.





