Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi
2026-02-23 16:55:00 / Yangiliklar

Bugun, Jizzax viloyati FVBda joriy yilning 3–5-mart kunlari Yangiobod tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi hududiy hamda funksional quyi tizimlarining aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilishi belgilangan Qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqi muhokamasi o‘tkazildi.
Ushbu mashqlar orqali tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini sinovdan o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlash, shu bilan birga, joylardagi aholi va hududlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Jizzax shahrining “Olmazor” mahallasida joylashgan yuqori qavatli turar joy binolarida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. Mashqda hamkorlikdagi xizmatlarning amaliy harakatlari bajarildi va mashq yakunida mas'ullar tomonidan baholandi.







