Qashqadaryo viloyati FVBda matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-02-23 16:50:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida sel-toshqin va ko‘chki hodisalariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda bahor-yoz mavsumida kutilayotgan xavf omillari, profilaktik va muhandislik-himoya tadbirlari hamda qutqaruv kuchlarining shayligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir mavzuga oid bo‘lgan savol-javoblar bilan yakunlandi.




