Buxoro viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda "Karvon" savdo kompleksida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-02-23 08:40:00 / Yangiliklar

Mazkur mashqdan ko‘zlangan asosiy maqsad — savdo kompleksida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash hamda evakuatsiya jarayonlarini amaliy tarzda sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.








