Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I. Ikramov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va kursantlari bilan suhbatlashdi
2026-02-21 14:00:00 / Yangiliklar

Suhbat davomida vazir malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va amaliy tayyorgarlik samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli olib borish lozimligi ta'kidladi. Shuningdek, kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan mavjud o‘quv-uslubiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa o‘quv adabiyotlarini ko‘zdan kechirib, ularning mazmunini zamonaviy talablar asosida boyitish, amaliyotga yo‘naltirilgan yangi o‘quv manbalarini yaratish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Suhbat jarayonida vazir tomonidan Akademiya faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quv jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish, professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish hamda kursantlarning kasbiy-amaliy tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.





