Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
2026-02-20 20:50:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar, vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari hamda davra suhbatlari tashkil etildi. Unda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni har tomonlama yetuk va fidoyi etib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir davom ettirilib, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va tizim rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Xodimlarga xizmat faoliyati davomida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.




