Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T. Zuparov Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan bir nechta qutqaruv qismlarining jangovar shayligini tekshirdi
2026-02-20 17:30:00 / Yangiliklar

Tekshiruv davomida shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasi, maxsus texnika va asbob-uskunalarning holati, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qutqaruvchilarning kasbiy mahorati va o‘zaro hamkorlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Polkovnik S.T. Zuparov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.



