Buxoro viloyati FVB rahbarligida Buxoro shahri hududida joylashgan "Bolohovuz" masjidida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-02-20 16:00:00 / Yangiliklar

O‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimlari tarkibiga kiruvchi tezkor xizmatlar tomonidan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishini oldini olish, yuzaga kelganda oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inlarni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningdek, mashq yakunida tezkor xizmatlarning amaliy harakatlari tahlil qilinib, mas'ullar tomonidan baholandi.









